Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoevga tabriknoma yo'lladi

    Hukumat 24 Iyul 2024 272

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Tug'ilgan kuningiz munosabati bilan Sizga eng samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

    Joriy yilning yanvar` oyida Siz rafiqangiz bilan Xitoyga muvaffaqiyatli davlat tashrifini amalga oshirgan edingiz, bu tashrif davomida Siz bilan samarali va natijador muzokaralar olib bordik, ikki tomonlama munosabatlarni yangi davrda barcha sharoitda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko'tarish va Xitoy - O'zbekiston umumiy taqdirini yanada yuksak bosqichdan barpo etishimizga kelishib oldik hamda ikki davlat o'rtasidagi barcha yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikning yangi rejasini belgilab oldik. Yaqinda Ostona shahrida SHanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashuv o'tkazdik va Xitoy-O'zbekiston hamkorligi bo'yicha yangi kelishuvlarga erishdik.

    Xitoy-O'zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qarataman va Siz bilan mustahkam do'stligimizni qadrlayman. Siz bilan birgalikda barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va Xitoy-O'zbekiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha sa'y-harakatlarga tayyorman. Ishonchim komil, Sizning rahbarligingizda "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan barcha maqsadlar, albatta, o'z vaqtida amalga oshiriladi.


    Si Szinpin,

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi