Xitoy hukumati davlat xizmatchilarning ish faoliyatida foydalanishlari uchun ajratilgan avtomobillar sonini 2016-2020-yillar davomida qariyb 860 mingtaga qisqartirdi.

Ushbu davrda mamlakatning 29 ta viloyatida xizmat avtomobillari soni 858 400 donaga kamaydi. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Maqsad, byudjet mablagʻlarini tejash, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olishdir.

Xitoy moliya vazirligining xabariga koʻra, shuning bilan birga markaziy hukumat va davlat muassasalari amaldorlari foydalanadigan transport vositalari soni oʻtgan toʻrt yil mobaynida 3868 taga kamaytirilgan. Mavjud xizmat avtomobillaridan oqilona foydalanish ham doimiy nazoratga olingan.