Xitoy okean rangini kuzatish uchun yangi avlod sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi, bu dengiz suvida sodir bo'layotgan jarayonlarni o'rganish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Qayd etilishicha, bortida fazoviy uskunasi bo'lgan Long March-2C raketasi Xitoy shimoli-g'arbidagi Szyutsyuan aerodromidan havoga ko'tarilgan va uni Yer orbitasining pastki qismiga muvaffaqiyatli olib chiqqan.
Dunyodagi birinchi yuqori aniqlikda okean rangini kuzatadigan sun'iy yo'ldosh koinotga uchirildi, u bir qancha ilg'or texnika va uskunalardan foydalangan holda dunyo bo'ylab turli suv havzalari va dengiz hududlari holatini tahlil qiladi. U dunyo bo'ylab suv rangi, hararoratini, dengiz muzlari holati, okean, dengiz, orol va portlardagi ekologik holatni uzluksiz monitoringini amalga oshirishi mumkin.
Xitoy Milliy koinot ma'muriyatining Yerni kuzatish markazining ta'kidlashicha, sun'iy yo'ldosh Xitoyning asosiy dengiz yo'llarini masofadan turib zondlash xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek, baliqchilik resurslaridan samaraliroq foydalanishga yordam beradi va dengizning ekologik holatini nazorat qiladi.
1-noyabr kuni Xitoy kartografik sun'iy yo'ldoshlari deb nomlanuvchi yangi Tianhui seriyali Yerni masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshini koinotga muvaffaqiyatli uchirgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.









