Xitoy yog'ingarchilikdan jabr ko'rgan hududlarga yordam berish uchun deyarli 70 million dollar ajratadi

    Xitoy hukumati mamlakatning jabrlangan hududlarida yog'ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun 496 million yuan (taxminan 69,5 million dollar) ajratadi.

    Bu haqda Xinhua agentligi ma'lum qildi.

    Moliyalashtirish Moliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari orqali amalga oshiriladi. Xuddi shunday maqsadlar uchun ajratilgan avvalgi yordam paketi 346 million yuan (taxminan 48,7 million dollar) edi.

    Ushbu mablag'lar jabrlangan hududlarda yog'ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini va ko'chki oqibatlarini bartaraf etishga yo'naltiriladi. Gap birinchi navbatda sharqiy Chjetszyan, Anxoy, Futszyan va Szyansi viloyatlari, markaziy Xubey viloyati, Guychjou viloyati, shuningdek Guandun viloyati va Guansi-Chjuan avtonom rayoni haqida bormoqda. Ushbu hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish, talafot etgan infratuzilmani ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

    Oxirgi bir necha hafta ichida yog'ingarchiliklar asosan Xitoyning sharqiy va janubiy hududlarida ko'plab aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazdi. Bir necha o'nlab qurbonlar haqida xabar berildi. Kuchli yomg'ir tufayli mamlakatning ayrim hududlarida hanuzgacha xavfning eng yuqori darajasi saqlanib qolmoqda, deb xabar beradi report.az.