Voqea joyida 1000 dan ortiq kishi qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda, ishlarga harbiylar jalb qilingan.

Avvalroq vayronalar ostida qolgan 47 kishidan 8 kishi halok bo'lgani xabar qilingandi.

Favqulodda holat dushanba kuni Pekin vaqti bilan 05:51 da Chjaotun shahri yaqinidagi Lyanshuy qishlog'ida sodir bo'lgan. Rasmiylar bedarak yo'qolganlarni qidirish va qutqarish uchun bir qancha idoralarning resurslarini safarbar qildi. Tabiiy ofat zonasidan yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan.

XXR Raisi Si Szinpin qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun maksimal kuchlarni safarbar etish yuzasidan topshiriq berdi, deb xabar beradi tass.ru.