Xitoyda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi

    Xitoyda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, deb xabar bermoqda Yevropa O'rtayer dengizi seysmologiya markazi.

    Zilzila UTC vaqti bilan 15.59 da qayd etilgan. Zilzila o'chog'i aholisi uch million kishini tashkil qiladigan Xitoyning Lanchjou shahridan 102 kilometr janubi-g'arbda joylashgan. Zilzila manbai 35 kilometr chuqurlikda bo'lgan.

    Qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi ria.ru.