Xitoyda birinchi elektr uchar avtomobil ishlab chiqildi

    Maksimal uchish og'irligi 500 kilogramm bo'lgan elektr avtomobilning parvoz vaqti kamida – 20 daqiqa.

    Xitoyning Szyansu viloyatida Janubi-Sharqiy universiteti tadqiqotchilari guruhi mamlakatning birinchi aeroelektrokar avtomobili – Southeast University Kunpeng No.1ni ishlab chiqdi va taqdim etdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.

    Elektr transport vositasi to'rtta koaksiyal vintli konfiguratsiyaga ega. Ammo an'anaviy aerotaksilardan farqli ravishda, Southeast University Kunpeng No.1 yer ustida hamda havoda harakatlanish imkoniyatlarini o'zida mujassam etgan integratsiyalashgan havo transporti sifatida ishlab chiqilgan.

    Maksimal uchish og'irligi 500 kilogramm bo'lgan elektromobilning parvoz vaqti kamida – 20 daqiqa. Bundan tashqari, u maksimal 300 metrdan ko'roq balandlikka ko'tarila oladi. Yo'lda u soatiga 60 kilometr tezlikka erisha oladi. Hozirda uchar elektrokar yuqori quvvatli akkumulyatorga ega.

    Tadqiqotchilar, shuningdek, uchar avtomobillarning keyingi avlodida parvoz davomiyligini ikki soatgacha uzaytirish bo'yicha qo'shimcha tadqiqotlar ustida ishlamoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Amerikaning Alef Aeronautics kompaniyasi Model A nomli noodatiy uchar avtomobilni taqdim etgan edi. Avtomobilni ilk bor 2025-yildan boshlab yetkazib berish rejalashtirilgan. Innovatsion uchar avtomobilning narxi – 299 999 dollar.

    Xitoyning XPeng avtomobil ishlab chiqaruvchisi Dubaydagi GitexGlobal 2022 ko'rgazmasida o'zining uchar avtomobilini namoyish etgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.