Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g'arbiy qishloq va o'rmon xo'jaligi universiteti olimlari somatik hujayra yadro uzatmasi yordamida uchta buzoqni klonlashtirishdi. Biologlar buning uchun hayvonning qulog'idagi to'qimalardan foydalandilar.

Tadqiqot guruhi rahbari Szin Yapinning ma'lum qilishicha, Xitoyda sog'in sigirlarning 70 foizi xorijdan sotib olingani bois, mazkur tajriba Xitoy chorvachilik sanoatini qayta tiklash uchun katta ahamiyatga ega.

“Biz 2-3 yil davomida 1000 dan ortiq super sigirlardan iborat podani yaratishni rejalashtiryapmiz, bu Xitoyning xorijdan hayvonlar yetkazib berilishiga qaramligini hal qilish uchun mustahkam poydevor bo'ladi”, dedi u.

Xitoylik olimlar so'nggi yillarda bir nechta klonlash tajribalarini, xususan, cho'chqalar, otlar, mushuklar, itlar va boshqa hayvonlarda o'tkazishdi va ular ko'paytirildi, deb xabar beradi tass.ru.