Xitoyda dengiz ustidan o'tgan temir yo'l yo'nalishi ishga tushirildi

    Xitoy tezyurar poyezdlar harakatlanadigan temir yo'l yo'nalishini ishga tushirdi, uning qariyb 20 kilometri dengiz ustidan o'tgan.

    277 kilometr uzunlikdagi tezyurar magistral Fuchjou shahri va Syamen portini bog'laydi, so'ngra uchta ko'rfaz – Syuanchjouvan, Meychjouvan va Anxayvanni kesib o'tib, Chjanchjouga olib boradi.

    Temir yo'lning suv ustidan o'tgan qismida poyezd soatiga 350 kilometr tezlikka erisha oladi. Ushbu yo'nalish bo'yicha umumiy sayohat vaqti bir soat, deb xabar beradi radiosputnik.ria.ru.