CNA ma'lumotlariga ko'ra, ko'prik pastki qismidan Beypan daryosi oqib o'tadigan dara tubigacha bo'lgan masofa 625 metrni tashkil etadi va bu yangi ko'prikni dunyodagi eng baland ko'prikka aylantiradi.
Xuatszyan darasidagi ko'prik qurilishi uch yilu to'qqiz oy davom etdi, unga 2 milliard yuan (taxminan 280 million dollar) sarflandi. Ko'prikning uzunligi 2,9 kilometrni tashkil qiladi. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, yangi ko'prik daraning bir chetidan ikkinchi tomoniga o'tish vaqtini “ikki soatdan ikki daqiqaga” qisqartiradi, loyihaning ishga tushirilishi esa hududiy transport tarmog'ini yaxshilaydi va “mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yangi sur'at bag'ishlaydi”.
Xuddi shu viloyatda dunyodagi ko'priklar orasidagi oldingi yetakchi – Duge ko'prigi (565 metr) joylashgan bo'lib, u Beypan daryosining irmog'i oqib o'tadigan darada bunyod etilgan. Umuman olganda, Xitoy rasmiylariga ko'ra, Guychjou viloyatida dunyodagi eng baland 100 ta ko'prikning deyarli yarmi joylashgan, deb xabar berdi kommersant.ru.








