Uning maydoni 1 mln. kv. metrni tashkil etadi. Inshoot tomi 25 ta futbol maydoni hududiga teng.

Pekindagi “Dasin” nomi berilgan ushbu aeroport yiliga 620 mingta reysni qabul qila oladi. Buning uchun toʻrtta uchish-qoʻnish yoʻlaklari qurilgan. U XXR poytaxtidagi boshqa bir aeroport “Shoudu” ishini engillashtirishga yordam beradi. Ikkisining oʻrtasidagi masofa 67 km.ga teng.

“Dasin” XXR tashkil topganining 70 yilligi nishonlanadigan 30-sentabr kuni ochiladi. Ayni paytda u erda sinov parvozlari amalga oshirilmoqda.

Yangi aeroport oʻzida eng murakkab muhandislik terminali loyihasini mujassam etgan. U “oltin qaqnus” koʻrinishiga ega.

“Dasin” dunyodagi umuman “chok” tuzilmalari qoʻyilmagan eng yirik inshootga ham aylandi.

Xitoy ushbu noyob inshoot qurilishiga qariyb 400 mlrd. yuan (taxminan 60 mlrd. dollar) sarfladi. Bunyodkorlik ishlari uch yildan ziyod davom etdi.