Xitoyda dunyodagi eng katta va eng kuchli dengiz shamol generatori o'rnatildi

    Xitoyning Dongfang Electric Corporation davlat kompaniyasi Xitoy janubidagi Guandun viloyatida shamol generatori o'rnatilishi yakunlanganini ma'lum qildi.

    18 megavatt quvvatga ega H260-18MW dengiz shamol generatori rotorining diametri 260 metr.

    Ushbu shamol generatori 72 gigavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda, bu esa 36 mingga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi.

    XXRning sharqiy va qirg'oqbo'yi tumanlari elektr energiyasini ko'p iste'mol qiladi, biroq respublika energiya resurslarining asosiy qismi mamlakatning G'arbida va Shimolida joylashgan. Dengiz shamol elektrostansiyalari ushbu taqsimotni muvozanatlashda yordam beradi, deb xabar beradi news.rambler.ru.