Quyosh stansiyasi Xitoyning shimoli-gʻarbiy Shinjon viloyatidagi choʻl hududida joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 200 ming gektarni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, stansiyaning yillik ishlab chiqarish quvvati 6000 GVt/soatdan oshadi. Elektr stansiyasi Xitoyning Power Construction Corporation of China (Power China) tomonidan qurilgan.
Ushbu elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Xitoyning Uzoq Sharq mintaqalariga yuboriladi.
Maʼlumotlariga koʻra, yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishidan avval, Xitoyda har biri taxminan 3 GVt quvvatga ega ikkita quyosh stansiyasi mavjud boʻlgan.