Xitoyda “Gayemi” to'foni oqibatida kamida 12 kishi halok bo'ldi

    Xitoy janubida sodir bo'lgan “Gayemi” to'foni oqibatida kamida 12 kishi halok bo'ldi, 6 kishi jarohatlandi.

    Kuchli yog'ingarchilik tufayli Xen'yan shahrida ko'chki sodir bo'ldi, 300 mingga yaqin odam hududdan evakuatsiya qilindi. Qayd etilishicha, shahar hokimiyati suv toshqini ehtimoli haqida ogohlantirdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Lintszyan shahrida shahar hokimi o'rinbosari va yana bir amaldor qutqaruv ishlari davomida bedarak yo'qoldi.

    Avvalroq, “Gayemi” to'foni Tayvan` va Filippinga yopirilgandi, oqibatda jami 25 kishi hayotdan ko'z yumgandi va 300 dan ortiq kishi jarohat olgandi.

    24-iyul kuni Xitoyda chorshanba kuni ertalab super to'fon tusini olgan “Gayemi” to'foni sababli eng yuqori – qizil ogohlantirish darajasi e'lon qilingan edi, deb xabar beradi report.az.