Qo'shma SHtatlar va dunyoning aksariyat mamlakatlari koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan bir paytda, oxirgi haftalarda Xitoyning ko'p qismlaridagi hayot koronavirus pandemiyasidan oldingi hayotga qaytdi. SHaharlar ijtimoiy masofa qoidalari va niqob talablarini engillashtirdi va olomon yana sayyohlik saytlari, kinoteatrlar va sport zallarini to'ldirmoqda.

           Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, jamoat transportida bir necha oylik cheklovlaridan so'ng, Xitoyda virusning mahalliy holatlari nolga yaqinlashdi, qayd etilayotgan yangi holatlar esa chetdan kelganlarda  kuzatilmoqda.

       Ko'pgina Xitoy shaharlarida odamlar soni cheklanganiga qaramay, yana yirik tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

        SHarqiy Xitoyning dengiz sohilidagi TSindao shahri bu oyda eng mashhur pivo festivalini belgilangan tartibda o'tkazmoqda. YAqinda SHanxayda minglab ishqibozlarni birlashtirgan o'yin konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
Xitoy hukumati iqtisodiyotni rag'batlantirishga umid qilib, odamlarni ish joyiga qaytarishga, xarid qilish va sayohat qilishni boshlashga tayyor.
Ammo ular kino teatrlar va sayyohlik muassasalarini yarim quvvatda  ishlashini talab qilib, ehtiyot choralarini ko'rishmoqda. Aholi banklar, restoranlar va boshqa jamoat joylariga kirish uchun haroratni nazorat qilish tartibiga amal qilishlari va sog'lom ekanliklarini tasdiqlovchi raqamli kodlarni taqdim etishlari kerak. SHuningdek, yaqin vaqtgacha ular xavfli hududlarga bormagan bo'lishlari lozim.

        Biroq, rasmiylar o'tgan oyda yuqumli kasallik mavjud bo'lgan G'arbiy Xitoyning SHinjon viloyatiga sayohatni cheklashni davom ettirmoqda. Xitoy hali ham ko'p chet elliklarga ular virus olib kelishidan qo'rqib,  mamlakatga kirishni taqiqlamoqda, deb yozadi maqola muallifi.

       Xitoy Xalq Respublikasi Davlat sog'liqni saqlash qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 24 soat ichida Xitoyda 16 nafar kishida koronavirus aniqlangan, barcha holatlar chet eldan kelganlarda qayd etilgan. Pandemiya boshlanganidan beri ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 84 967 kishiga etdi va 4634 bemor vafot etdi.