Qayd etilishicha, ular odamlarga o'xshaydi, lekin neyrotarmoqlar tomonidan boshqariladi va kechayu kunduz ishlaydi. Ularning lablari harakati aytilayotgan so'zlarga mos keladi, lekin g'ayritabiiy ko'rinadigan jihatlar ham yo'q emas.

Raqamli “klonlar” videolarda haqiqiy odamlar kabi gapirish va o'zini tutishga o'rgatiladi va eng ilg'or modellar jonli tarzda uzatiladigan sharhlarni kuzatishi va real vaqtda javob berish uchun o'z ma'lumotlar bazasidan tegishli javoblarni topishi mumkin. Shuning uchun sun'iy intellekt strimeri tomoshabinlar bilan faol muloqot qilayotgandek taassurot uyg'otadi.

Bazaviy avatar yaratish mijozga taxminan 8000 yuanga (1100 dollar) tushadi. Agar mijoz yanada murakkab va qobiliyatli strimer yaratmoqchi bo'lsa, u holda narx bir necha ming dollargacha ko'tarilishi mumkin. Ishlab chiqarishdan tashqari, bu xarajat yillik texnik xizmat ko'rsatishni ham o'z ichiga oladi, deb xabar beradi korrespondent.net.