баннер
26 Apr 2025
12:29

    Xitoyda kemalarning to'qnashib ketishi oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoyning Xunan viloyatida yo'lovchi kemasi neft to'kilishini bartaraf etuvchi kema bilan to'qnashib ketishi oqibatida iikki kishi halok bo'ldi, 14 kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

    Voqea Yuanshuy daryosida sodir bo'lgan. Yo'lovchi kemasi daryoni kesib o'tayotganda taxminan suv yo'lining o'rtasiga kelib qolganida texnik kema uning orqa qismiga borib urilgan. Bortida 19 yo'lovchi bo'lgan kema ag'darilib ketgan.

    Texnik kema ekipajining uch nafar a'zosi huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan, deb xabar beradi tass.ru.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech