Xitoyda ko'chki oqibatida sakkiz kishi hayotdan ko'z yumdi

    Yakshanba kuni Xitoyning markaziy qismidagi Xunan viloyatidagi qishloqda ko'chki sodir bo'ldi, oqibatda sakkiz kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar berdi.

    Yakshanba kuni soat 4:30 atrofida Xuayxua shahar okrugining Sinxuan-Dun avtonom uyezdining Dousi qishlog'ida ko'chki sodir bo'ldi, oqibatda to'rtta turar-joy binosi qulab tushdi va sakkiz kishi bedarak yo'qoldi.

    Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida yakshanba oqshomiga qadar barcha bedarak yo'qolganlar topildi, ulardan hech biri omon qolmagan, deya aniqlik kiritdi telekanal.

    Tabiiy ofat yuz bergan hududda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi report.az.