Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar berdi.
“20-iyul kuni soat 12:00 holatiga ko'ra, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida daryoga tushib ketgan avtomobillarning yettitasi va 12 kishi halok bo'lgani aniqlandi, bir kishi qutqarib olindi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, 18 ta mashina topilmadi, 31 kishi hamon bedarak yo'qolganlar ro'yxatida.
Shensi viloyatidagi Shanlo shahridagi Chjashuy uyezdidagi avtomobil ko'prigi kuchli yomg'ir tufayli qulab tushdi. Oqibatda 17 ta engil avtomobil va sakkiz yuk mashinasi daryoga tushib ketdi.
Xitoy Raisi Si Szinpin odamlarni qidirish va qutqarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirdi.
O'tgan hafta Shensi viloyatida kuchli yog'ingarchilik kuzatildi. Suv toshqini to'rtta respublika va viloyat ahamiyatiga molik yo'llarga zarar yetkazdi, 40 dan ortiq qishloq yo'llarini yuvib, 21 ko'prikni vayron qildi, deb xabar beradi ria.ru.