Ushbu patogenlar ko'rshapalaklar odamlarda yangi zoonotik infeksiyalarning tarqalishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi tadqiqotchilar PLoS Pathogens ilmiy jurnalidagi maqolada.
Bu kashfiyot Sun Yatsen universiteti professori Shi Man boshchiligidagi xitoylik molekulyar biologlar jamoasi tomonidan 2017-2021-yillar oralig'ida Yunnan viloyatining beshta hududida tutib olingan ko'p sonli ko'rshapalaklarni o'rganish chog'ida amalga oshirildi. Tadqiqotchilar jami Xitoy janubida keng tarqalgan ko'rshapalaklarning o'n turiga mansub 142 ko'rshapalakni tutib olishga muvaffaq bo'lishdi, deb xabar beradi tass.ru.









