Xitoyda kuchli yog'ingarchilik tufayli 240 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

    Xitoyning sharqiy qismida kuchli yomg'ir yog'ishi tufayli Yanszi daryosida suv toshib chiqdi va toshqinni keltirib chiqardi.

    Shu bois 240 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

    Anxoy viloyatining 36 okrugida yog'ingarchilik kuzatildi.

    Hayotdan ko'z yumganlar soni 38 kishini tashkil etdi.

    Mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 991 ming kishi suv toshqini yuz bergan hududda bo'lgan, ulardan 242 ming nafari evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi report.az.