Xitoyda kuchli yomg'ir tufayli 20 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilindi

    Voqea-hodisalar 5 Iyun 2020 1827

    Xitoyning janubi-sharqidagi TSzyansi provintsiyasi ma'murlari kuchli yomg'ir tufayli 21 ming kishini evakuatsiya qildi, deya xabar beradi Sin`xua agentligi mahalliy hokimiyatlarga tayanib.

    Xabar qilinishicha, seshanba kuni boshlangan yomg'ir natijasida 117 uy vayron bo'lgan, shuningdek 24,3 ming gektar qishloq xo'jalik ekinlari yo'q bo'lib ketgan.

    Ta'kidlanishicha, yomg'ir tufayli yuz bergan toshqinlar deyarli 380 ming kishining normal hayotini izdan chiqargan. YOmg'ir zarari taxminan 49,3 million dollarga baholanmoqda.

    Meteorologlar yog'ingarchilikni yakshanba kunigacha davom etishini taxmin qilishib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlar haqida aholini ogohlantirmoqda.