Xitoyda maktab o'quvchilarining telefonlari bolg'a bilan urib sindirildi

    Xitoyning markaziy qismida joylashgan Loudi shahri xususiy maktablardan birida smartfonlardan foydalanishni qat'iy taqiqlash orqali maktab o'quvchilarini tarbiyalashda noodatiy usullardan foydalanildi.

    Ushbu ta'lim muassasasida telefondan foydalanish qat'iyan taqiqlangan va bu qoidani buzganlik uchun keskin choralar ko'rishga qaror qilingan.

    Yaqinda Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgan voqea yuz berdi. Mazkur maktabning barcha o'quvchilari saf tortgan va harbiy kiyimda bo'lgan ta'lim muassasasi xodimi ularning ko'z o'ngida bolalarning smartfonlarini namoyishkorona sindirib tashlagan. Shundan so'ng u gajetlarni suvga uloqtirgan.

    Maktab xodimining mazkur xatti-harakatlari Xitoy jamoatchiligining qizg'in muhokamalariga sabab bo'ldi. Ba'zi odamlar ushbu ta'lim usullarini qo'llab-quvvatlashdi, chunki bu usulni intizomni saqlash va o'quvchilarga to'g'ri tarbiya berish uchun zarur deb hisoblashdi.

    Biroq, ko'pchilik bunday xatti-harakatlarni qoralab, ta'limga bunday yondashuvning qat'iyligi va nodemokratikligidan xavotir bildirdi. Yuzaga kelgan bahs-munozaralar natijasida bunday choralarning qanchalik to'g'riligi masalasi ochiqligicha qolmoqda, deb xabar beradi cursorinfo.co.il.