Hodisa bir kun avval shimoli-sharqdagi Xeyluntszyan viloyatida joylashgan Sitsikar shahridagi ta'lim muassasasida sodir bo'ldi. Tom qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketishdi. Hodisa vaqtida sport zalida 19 kishi bo'lgan, to'rt nafari qochib qolishga muvaffaq bo'lgan, 15 nafari vayronalar ostida qolib ketgan.
24-iyul kuni ertalab vayronalar ostidan 14 kishi qutqarib olindi, ulardan to'rt nafarida hayotdan ko'z yumgan edi, yana olti nafari tibbiy yordam ko'rsatilgach vafot etdi. Qolgan to'rt kishining hayoti xavf ostida emas. Vayronalar ostida qolgan oxirgi odamning jasadi mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 da chiqarib olindi. Hozirda qutqaruv ishlari yakunlangan, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.