Xitoyda miloddan avvalgi XVI – X-asrlarga oid manzilgoh xarobalari topildi

    Arxeologlar tomonidan Xitoyning Shensi viloyatining Sintszyan uyezdida Shan sulolasi (miloddan avvalgi 1600-1046-yillar) davriga oid shahar xarobalari topildi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

    Shensi arxeologiya akademiyasi vakili Sun Chjanveyning so'zlariga ko'ra, taxminan 3 million kvadrat metr maydonni egallagan joyda yirik binolarning xarobalari topilgan.

    Shuningdek, qazish maydonida qadimgi Xitoy zodagonlarining dafn etilgan joylari topilgan. Ularda arxeologlar arava va otlarning ko'plab bronza tasvirlari, nefrit va suyakdan yasalgan buyumlar topildi. Arxeologlarning fikriga ko'ra, ular Shan sulolasi davlati poytaxti xarobalari bo'lgan Insyuy arxeologik yodgorligi qabrlaridan topilgan qadimgi buyumlarga o'xshab ketadi.

    Yangi kashfiyotlar Shan sulolasi hududi va Shensi shimolidagi ushbu mintaqa o'rtasidagi yaqin iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradi, shuningdek, Shan tamaddunining uning atrofidagi hududlar rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatganini ko'rsatadi, deyiladi tass.ru saytida.