Ko'rgazmada O'zbekiston an'anaviy san'atining eng sara namunalari – zarbof to'nlar, chopon, so'zana va zargarlik buyumlari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, ko'rgazmaga O'zbekiston muzeylariga mansub 20 ta eksponat O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi sa'y-harakati bilan taqdim etilgan.
Ko'rgazma joriy yilning 12-noyabriga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida muxlislarga muntazir.