Robotlar intellektual tanib olish va mustaqil qaror qabul qilish funksiyalari bilan jihozlangan.
Innovatsion uskuna Guanchjou pochta markazining “Szyangao” logistika majmuasida ishga tushirildi. Bir gumanoid robot soatiga 1200 tagacha pochta jo‘natmalarini qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Robotlashtirilgan tizimlarni joriy etish yuk oqimi hajmi ortib borayotgan sharoitda logistika samaradorligini oshirishga qaratilgan. Oddiy rejimda pochta markazi bir sutkada o‘rtacha 6,5 million jo‘natmani qayta ishlaydi, yuklama eng yuqori bo‘lgan davrlarda esa bu ko‘rsatkich 10 milliondan oshadi, deb xabar berdi Kazinform.