Xitoyda poyezd 11 kishini bosib ketdi

    Janubiy Xitoyning Kunmin viloyatida seysmik uskunalarni sinovdan o'tkazayotgan poezdning urib yuborishi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi va ikki kishi jarohat oldi.

    Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu haqda Kunmin temir yo'l boshqarmasi bayonot berdi.

    Hodisa bugun ertalab Loyanchjen stansiyasidagi relslarda sodir bo'lgan. Poyezd burilishda bir guruh qurilish ishchilarini urib yuborgan.

    Tergovchilar hodisa tafsilotlarini o'rganmoqda. Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Stansiyadagi xizmat qayta tiklandi. Temir yo'l boshqarmasi aybdorlar qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini ma'lum qildi, deb xabar berdi report.az.