Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, uchuvchi ushbu shaxsiy uchish qurilmasini boshqarib, soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi.
“Ushbu reaktiv qurilmani ishlab chiqish uch-to'rt yil, parvoz sinovlari esa ikki yil davom etdi. Bu bizning eng ilg'or va takomilga etkazilgan tizimimiz”, dedi qisqa namoyish parvozini amalga oshirgan JetRob jamoasi muhandisi Syao Botszin.
Qurilma beshta reaktiv dvigatel bilan jihozlangan. Yonilg'i baklari reaktiv qurilmaning ikki tomonida joylashgan. Uning og'irligi 31 kilogramm, to'la bak bilan esa 46 kilogramm. Uchuvchi uch-besh daqiqa davomida havoda qolishi mumkin. Qurilma yerdan 2 metrdan ortiq balandlikka chiqishi mumkin, biroq uni dengiz sathidan 1500 metrgacha balandlikdagi hududlarda ishlatish mumkin, deb xabar berdi report.az.
Szyao Botszinning so'zlariga ko'ra, velosipedda yurish kabi qurilmani xavfsiz va muammosiz boshqarishni o'rganish uchun vaqt kerak. Uning qo'shimcha qilishicha, kelajakda gumanoid robotlar qurilmani boshqarishi mumkin, bu esa xavfli va qiyin muhitda parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.








