Xitoyda rekord darajadagi sovuq kuzatildi

    Yashil sayyora 24 Yanvar 2023 1840

    O'zbekistonni tark etgan sovuq arktik antitsiklon Xitoy kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi eng sovuq havo haroratini yangiladi.

    Bir haftalar oldin O'zbekistondan o'tgan va markazida atmosfera bosimi qariyib 1060 gPa bo'lgan sovuq antitsiklon Xitoy shimolida -53 daraja sovuq harorat qayd etilishiga olib keldi.

    Ushbu ko'rsatkich Xitoy uchun 1969 yil 13 fevral kuni qayd etilgan -52.3 darajali rekord sovuq qiymatni yangiladi.