Xitoy Xalq Respublikasining Guansi-Chjuan avtonom hududida joylashgan zavod "robotlar robotlarni ishlab chiqaradi" konsepsiyasi asosida ishlaydi va sanoat gumanoid robototexnikasi segmentida bunday ko‘lamdagi dunyodagi birinchi korxona hisoblanadi, deb xabar berdi Kazinform.
Loyihaning texnologik hamkori sifatida Siemens kompaniyasining bo‘linmasi ishtirok etdi. Germaniya konserni korxonada ta’minot zanjirlarini, komponentlarni aniq yig‘ish va yuqori chastotali logistikani muvofiqlashtiruvchi ishlab chiqarishni boshqarish raqamli platformasini ishlab chiqishga yordam berdi.
Konveyerning hisoblangan ishlash sur’ati har 10 daqiqada bitta robot ishlab chiqarish imkonini beradi. Zavodda Walker S seriyasidagi sanoat modellari, shuningdek, Cruzr servis robotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Mahsulotlar Lyuchjoudagi mahalliy sanoat va og‘ir mashinasozlikni modernizatsiya qilish, shuningdek, Xitoy ichki bozoriga va ASЕAN mamlakatlariga eksport qilish uchun mo‘ljallangan.