Xitoyda samolyot halokatga uchradi

    Xitoyning Xaynan viloyatida samolyot qulab tushdi. Bu haqda Xitoyning “Szimu Sinven`” axborot portali mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

    Xabarda qayd etilishicha, 8-avgust kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulagani aks etgan video tarqaldi. Jurnalistlarning ma'lum qilishicha, hodisa Dunfan uyezdidagi Baso shahri yaqinida sodir bo'ldi.

    Hozirda favqulodda xizmatlar voqea joyiga yo'l olmoqda. Favqulodda hodisa sabablari va qurbonlar haqida hozircha ma'lumot olinmadi.

    Samolyot halokati haqidagi ma'lumot huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlandi. Hozirda politsiya voqea joyida ishlamoqda va mahalliy aholini favqulodda holat yuz bergan joyga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda, deb xabar beradi gazeta.ru.