Xitoyda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekistonga ham taʼsir qildi

    Yashil sayyora 28 Noyabr 2022 1469

    Bugun, 28-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:58 da (27.11.2022-yil, Grinvich boʻyicha 19:58 da) Xitoyda zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

    Zilzila koordinatalari: 39,94 gradus shimoliy kenglik; 74,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 471 km janubiy-sharqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

    Andijon viloyatida 3 ball, 206 km.
    Fargʻona viloyatida 3 ball, 238 km.
    Namangan viloyatida 2-3 ball, 268 km.
    Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.