“Hozirgi kunga qadar Gansu viloyatida zilzila oqibatida 113 kishi, Sinxay viloyatida esa 18 kishi halok bo'ldi”, — deyiladi Xitoy markaziy televideniesi bayonotida.
Zilziladan jabrlanganlarning barchasiga zarur yordam ko'rsatilmoqda, infratuzilmani tiklash ishlari olib borilyapti.
Televidenie ma'lumotlariga ko'ra, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlariga 2042 kishi, 381 texnika va 41 it jalb qilingan. Tashqi dunyodan uzilgan 78 kishini qutqarishga erishildi. 6653 kishi evakuatsiya qilindi.
Dushanba kuni 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Gansu viloyatidagi yer silkinishlar tufayli 155 393 ta uy vayron bo'lgan va zarar ko'rgan, deb xabar beradi mir24.tv.