South China Morning Post nashrining yozishicha, zavodga 2000 litrli bioreaktor o'rnatilgan. Kelajakda kompaniya egalari uskunalar sonini oshirish istagida. Ushbu mahsulotning bir kilogramm narxi 100 dollardan arzonlashi kutilmoqda.
Kompaniya sun'iy go'shtni AQSh va Singapurda sotishni ko'zda tutgan – mazkur mamlakatlarda laboratoriyada yetishtirilgan mahsulotlarni sotishga ruxsat berilgan.
Jurnalistlarning yozishicha, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun Pekin hayvonot oqsili manbasini topishi kerak. Sun'iy go'sht korxonasining ishga tushirilishi Xitoy uchun chinakam yutuqqa aylanadi, deb xabar beradi mir24.tv.