Xitoyda temir yo'lda yuz bergan halokat oqibatida yetti kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoy shimoli-g'arbidagi Sinxay viloyatida Xuanxe daryosi bo'ylab yirik temir yo'l ko'prigida sodir bo'lgan halokat oqibatida yetti kishi hayotdan ko'z yumdi, to'qqiz kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda “Jenmin jibao” gazetasi xabar berdi.

    Baxtsiz hodisa juma kuni Pekin vaqti bilan 03:00 da Xuannan-Tibet avtonom okrugida sodir bo'ldi. Ta'mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda mahkamlash kabellari uzilib ketgan.

    Hokimiyat tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etdi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.