Xitoyda sunami xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilindi

    Xitoy Xalq Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligi Tayvanning Xualyan shahri atrofidagi suv havzasida sodir bo'lgan kuchli zilziladan so'ng sunami xavfining qizil, eng yuqori darajasini e'lon qildi.

    Bu haqda vazirlar qoshidagi sunami haqida ogohlantirish markazi ma'lum qilgan.

    Unga ko'ra, zilzila o'chog'i atrofidagi suv havzalarida sunami yuzaga kelishi mumkin, bu esa sohilbo'yi hududlar, jumladan, sharqiy Taybey va Xualyan uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    7,2 magnitudali zilzila Pekin vaqti bilan soat 07:58 da yuz berdi va butun Tayvanda sezildi, deb xabar beradi report.az.

    Mahalliy seysmologlarning ma'lumotlariga ko'ra, ofat o'chog'i Tinch okeanida Xualyan shahridan 25 kilometr janubi-sharqda, manbai 15,5 kilometr chuqurlikda bo'lgan.