баннер
23 Apr 2025
10:05

    Xitoyda uch kundan beri bo'ron kuzatilmoqda

    XXR Milliy meteorologiya markazi yakshanba kuni kuchli shamol tufayli yana “to'q sariq” ogohlantirish e'lon qildi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

    11-aprel, juma oqshomidan boshlab Xitoy shimolida sovuq havo massasining kirib kelishi sababli kuchli shamol kuzatilmoqda.

    XXR Milliy meteorologiya markazining bashorat qilishicha, yakshanba kuni ertalab soat 8 dan dushanba kuni ertalab soat 8 ga qadar Ichki Mo'g'uliston avtonom rayoni, Shansi va Xebey viloyatlari hamda Pekin shahrida soniyasiga 32,6 metrgacha shamol esadi.

    Shuningdek, yakshanba kuni XXR Milliy meteorologiya markazi qum va qor bo'ronlari munosabati bilan ko'k ogohlantirishni uzaytirdi. Sinoptiklar qor bo'roni Ichki Mo'g'uliston avtonom rayoni, Szilin va Sinxay viloyatlarining ayrim hududlarida bo'lishini taxmin qilmoqda.

    Xitoyda to'rt bosqichli ob-havo haqida ogohlantirish tizimi mavjud bo'lib, qizil rang xavfning eng yuqori darajasini bildiradi, xavf darajasining kamayib borishi to'q sariq, sariq va ko'k ranglar bilan ifodalanadi.

    Avvalroq, vazni 50 kilogrammgacha bo'lgan Xitoyning shimoliy qismi aholisiga kuchli shamol tufayli yaqin ikki kun davomida ko'chaga chiqmaslik tavsiya qilingan edi. Shahar maktablarida boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilari uchun darslar ham bekor qilindi va ayrim jamoat joylari, jumladan, muzeylar yopildi, deb xabar beradi rbc.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech