Xususan, uy hayvonlari egalari jonivorlarning quloqlari shakli mashhur multfilmdagi Mikki Mausning quloqlariga o'xshash bo'lishi uchun plastik jarrohlarga murojaat qilishmoqda.
Pekindagi Loving Care xalqaro uy hayvonlari tibbiyot markazi dekani Lyu Yundunning tushuntirishicha, jarayon ikki qismdan iborat.
Birinchidan, quloqlarni kesish va kerakli shaklga keltirish uchun jarrohlik jarayoni amalga oshiriladi, bu anesteziyani talab qiladi va taxminan yarim soat davom etadi.
Ikkinchi bosqich quloqlarning tik holatida bo'lishini ta'minlashni o'z ichiga oladi, bu 20 dan 60 kungacha davom etishi mumkin. Bu jarayon biroz ko'proq vaqtni talab etadi va uy hayvonining quloqlari doimo tik turishini ta'minlash uchun ularga tez-tez ishlov beriladi.
Ushbu jarayon qonuniy bo'lsa-da, yirik shaharlardagi nufuzli hayvonlar klinikalari uy hayvonlarida bunday operatsiyalarni kamdan-kam hollarda amalga oshiradi.
Hayvonlar huquqlari faollari hayvonlarga olib keladigan jismoniy og'riq va ruhiy azoblar tufayli bu amaliyotni to'xtatishni talab qilishmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.