Loyiha muallifi Yaponiyaning Junya.ishigami+associates kompaniyasidir. Unga ommaviy tashriflar uchun o'ziga xos universal interaktiv inshoot yaratish vazifasi topshirilgandi.
Muzey turli ko'rgazma tadbirlarini o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, uning binosi diqqatni o'ziga tortadi. Gap shundaki, muzey binosining uzunligi 1 kilometrni tashkil etadi va sun'iy ko'l (uning bir qismi) ustida “cho'zilgan”. Butun majmua temir-beton ramka va panoramik oynalardan iborat. Havo aylanishi uchun derazalarni ochish mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.