Xitoyda yangi xavfli viruslar aniqlandi

    Xitoylik olimlar tropik Xaynan orolida odamlar uchun potensial xavf tug'diruvchi sakkizta yangi virusni topishdi.

    Mutaxassislar orolda yashovchi 6 turga mansub 341 ta kemiruvchilarning virusli genetik material to'plamlarini tahlil qilishdi. 22 xil oilaga mansub viruslar genlari, jumladan arenaviruslar, koronaviruslar, astroviruslar, pestiviruslar, parvoviruslar va papillomaviruslar mavjudligi aniqlandi.

    Tadqiqot davomida olimlar sakkizta yangi virusni, shu jumladan SARS-CoV-2 mavjud bo'lgan koronavirus oilasiga mansub betakoronaviruslarga tegishli bo'lgan CoV-HMU-1 deb nomlangan virusni aniqlashdi. Olimlarning ta'kidlashicha, bu viruslar “turlar to'sig'idan o'tib ketsa”, odamlarning ularga yo'liqib qolish ehtimoli yuqori, deb xabar beradi lenta.ru.