Xitoyda yog'ingarchilik suv toshqinini keltirib chiqardi, oqibatda besh kishi hayotdan ko'z yumdi

    Chontsinda kuchli yog'ingarchilik oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumdi, bir kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Xinhuaa gentligi xabar bermoqda.

    10-iyul oqshomida megapolis va uning atrofidagi hududlarda yomg'ir yog'di. 15 ta daryoda suv sathi xavfsiz darajadan oshib ketdi.

    “Chjunsyan” metro stansiyasi xavfning sariq darajasini e'lon qildi. Yaqin soatlarda ayrim aholi punktlarida yog'ingarchilik darajasi 100 millimetrdan oshishi kutilmoqda. Aholiga ehtiyot choralarini ko'rish tavsiya etildi, deb xabar beradi report.az.