Xitoyda yo'lovchi avtobusi tunnel devoriga borib urildi, oqibatida 14 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Shansi viloyatida yo'lovchi avtobusining tunnel devoriga borib urilishi oqibatida sodir bo'lgan avtohalokatda kamida 14 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar berdi.

    Hodisa yuqori tezlikda harakatlanuvchi trassada sodir bo'lgan. Avtobusda 51 kishi bo'lgan. Ko'pchilik kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi telekanal xabarida.

    Hodisa sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi report.az.