Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, kamida 116 kishi halok bo'lgan, 500 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Mintaqaning butun tog' tizimida, jumladan, Xitoy, Hindiston va Rossiyaning boshqa hududlarida yer silkinishlari qayd etilgan. Zilzila Qozog'istonda ham sezildi.

Sinxayning Sinin va Xaydun shaharlarida uylar qulab tushgan, vayron bo'lgan, ayrim aholi punktlarida suv va energiya ta'minoti, transport aloqalari uzilgan.

Qutqaruvchilar og'ir sharoitda ishlayapti: havo harorati kechasi -14 darajagacha tushdi, tabiiy ofat yuz bergan hududlar baland tog'larda – dengiz sathidan taxminan 2 ming metr balandlikda joylashgan.

Qutqaruv ishlariga kamida 1,5 ming kishi jalb etilgan. Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Van Syansi falokat joyiga bordi.

Xitoy rahbari Si Szinpin odamlarni qidirish va qutqarish, shuningdek, zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish bo'yicha topshiriq berdi, deb xabar beradi tass.ru.