Halqasimon metro yönalişining uzunligi 59,9 kilometrni taşkil etadi. U Uxan şahrining yettita tumanidagi bekatlardan ötadi hamda mavjud va rejalaştirilayotgan 18 ta yönaliş bilan boğlanadi. Poyezd uşbu yönalişni taxminan 96 daqiqada bosib ötadi, deb xabar berdi Kazinform.

Yangi yönalişning oçilişi bilan Uxan metropolitenining umumiy uzunligi 581 kilometrdan oşdi. Bu Berlindan Myunxenga yoki Rimdan Milangaça bölgan avtomobil yölining uzunligiga teng.

Yönaliş Yanszi daryosi ostida ikki marta, Xanszyan daryosi ostida esa bir marta ötadi. Uzunligi taxminan 4 kilometr bölgan suvosti tonnellaridan biri Yanszi daryosi ostidan 71,4 metr çuqurlikda ötkazilgan.