Xitoydagi oziq-ovqat do'konida yuz bergan yong'in oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom tumanidagi oziq-ovqat do'konida yuz bergan yong'in oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, favqulodda holat dushanba kuni Pekin vaqti bilan soat 03:00 da Uchjou shahrining Sanu uyezdida sodir bo'lgan. Uch soatdan keyin o't o'chiruvchilar yong'inni o'chirishga muvaffaq bo'lishdi.

    Hozirda yong'in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.