Xitoydagi restoranda sodir bo'lgan yong'in oqibatida 22 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoyning shimoli-sharqidagi Lyaonin viloyatidagi restoranda yuz bergan yong'in oqibatida kamida 22 kishi halok bo'ldi, 3 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda XXR markaziy televideniyesi xabar berdi.

    Yong'in Lyaoyan shahar okrugining Bayta tumanidagi restoranda sodir bo'lgan.

    XXR Raisi Si TSzinpin jabrlanganlarga yordam ko'rsatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi, deb xabar beradi oxu.az.