Avvalroq 19 kishi hayotdan ko'z yumgani va 30 kishi yaralangani xabar qilingandi.

Voqea chorshanbaga o'tar kechasi Meychjou shahrida yuz berdi, 18 ta mashina chuqurlik hosil bo'lgan yo'ldan chiqib ketgan. Xitoy ommaviy axborot vositalari tomonidan e'lon qilingan kadrlar avtohalokat oqibatida avtomobillarning bir qismi yonib ketganini ko'rsatdi. O'pirilib tushgan maydonning uzunligi taxminan 18 metr, umumiy maydoni esa taxminan 184 kvadrat metrni tashkil etadi.

Mahalliy hokimiyat magistralning o'pirilib tushishiga o'tgan hafta Guandun viloyatida kuzatilgan kuchli yog'ingarchilik sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini qayd etdi, deb xabar beradi tass.ru.