Zilzila dushanba kuni Pekin vaqti bilan 23:59 da qayd etilgan. Zilzila manbai 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Birinchi zilziladan keyin yana 140 ta yer silkinishi qayd etilgan.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha viloyat shtab-kvartirasi ma'lumotlariga tayanib, Xitoy markaziy televideniesining xabar berishicha, Linsya-Xuey avtonom okrugining Szishishan-Baoan-Dunsyan-Salar avtonom uyezdidagi tabiiy ofat o'chog'ida 113 kishi halok bo'ldi, yana 536 kishi jarohat oldi.
Qo'shni Sinxay viloyatida 13 kishi halok bo'ldi, 180 dan ortiq kishi jarohatlandi, deb xabar beradi mir24.tv.