Xitoydagi zilzila oqibatida qurbonlar bor

    Xitoyning janubi-gʻarbiy qismida 16-sentyabr kuni erta tongda 6 balli zilzila yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida 3 nafar kishi halok boʻldi va 60 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda CGTN mahalliy hukumat maʼlumotiga tayanib.

    Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 04:33 da roʻy bergan. Epitsentri Neyszyan shahridan 50 kilometr shimoli-sharqda, oʻchogʻi 40 kilometr chuqurlikda boʻlgan.

    Avvalroq ikki kishi halok boʻlgani va uch kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, zilzila tufayli qariyb 7 ming kishi evakuatsiya qilingan, 35 ta uy vayron boʻlgan.